Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Tulada özbekistonlik ayolning şafqatsizlarça öldirilişi yuzasidan izoh berdi.

Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (odam öldiriş) közda tutilgan jinoyat alomatlari böyiça jinoyat işi oçilgan. Mazkur qotillikni amalga oşirganlikda gumonlanayotgan 34 yoşli erkak qölga olingan.

«Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda elçixona Konsullik bölimi uşbu mudhiş hodisani marhumaning jasadini Surxondaryo viloyatiga olib kelişda kömaklaşiş maqsadida nazoratda uşlab turganini ma'lum qiladi», - deyiladi TIV matbuot xizmati tomonidan.

Avvalroq 29 aprel kuni Tula oblastining Uzlovaya şahridagi «Pyateroçka» supermarketida rossiyalik 34 yoşli Andrey.K 33 yoşli Umida ismli kassir ayolga hujum qilib, piçoq bilan 20ga yaqin jarohat yetkazgani, ayol kasalxonada hayotdan köz yumgani xabar qilingandi. 

OAVning yozişiça, qotil qurbon bilan qöşni bölgan va erkakning xatti-harakatlari tufayli özaro mojarolar yuz bergan - u spirtli içimliklar iste'mol qilib, köpinça musiqani baland tovuşda tinglagan. Umida Andreydan bir neça bor şovqinni pasaytiriş haqida söragan, ammo u bu iltimoslarga parvo ham qilmagan. Şundan söng, özbekistonlik ayol bu şaxsga politsiyaga ariza bilan murojaat qilişi haqida aytgan.