Britaniya boş vaziri Tereza Mey mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonni işonçni yöqotgani sababli iste'foga jönatişga qaror qildi. Bu haqda Britaniya hukumati devonxonasi xabar qildi. 

Ta'kidlanişiça, Uilyamson milliy xavfsizlik kengaşi yiğilişidagi xizmat ma'lumotining sizib çiqişidan keyin öz lavozimidan mahrum bölgan.

Mey mudofaa vaziriga özining qarori sabablari tuşuntirilgan maktub jönatgan. 

“Bu keçadagi uçraşuvda men sizga ma'lumotning oşkor bölişi uçun siz javobgar ekanligingizga işora qiluvçi işonçli dalillarni saqlovçi tergov böyiça oxirgi ma'lumotni taqdim qildim. Bu sizib çiqişni boşqa heç qanday sabab bilan tuşuntirib bölmaydi”, deyilgan maktubda.

Şu bilan birga na maktubda, na devonxonaning xabarida gap qaysi ma'lumotning sizib çiqişi haqida ketayotgani aytilmagan. Boş vazirning ta'kidlaşiça, mudofaa vazirining tergov vaqtidagi xatti-harakatlari “standartlarga muvofiq kelmagan” va xavotir uyğotadi.

“Katta afsus bilan ma'lum qilamanki, men mudofaa vaziri va vazirlar mahkamasi a'zosi sifatida sizga boşqa töliq işona olmayman. Sizdan hukumatni tark etişingizni sörayman”, deb yozgan Mey maktubda

Boş vazir şu kuniyoq mudofaa vaziri lavozimiga xalqaro rivojlaniş böyiça vazir lavozimini egallagan Penni Mordontni tayinladi.