1 may kuni Tailand qiroli Maxa Vaçiralongkorn (Rama X) general Sutxida Vaçiralongkorn bilan nikoh qurgani va uni qiroliça Sutxida deb nomlaganini e'lon qildi. Bu haqda South China Morning Post naşri xabar berdi.
Nikoh qaçon tuzilgani noma'lum, biroq qirol bu haqda unga toj kiydirilişi marosimiga 3 kun qolganda ma'lum qildi. Uning avvalgi nikohi haqida töydan 4 yil ötib, merosxöri tuğilganda e'lon qilingan. Bu 66 yoşli qirolning 4-marotaba turmuş qurişidir.

Ma'lum qilinişiça, qiroliça 1978 yilda tuğilgan va avval Thai Airways kompaniyasida styuardessa bölib işlagan 2014 yil avgustda u öşa vaqtda valiahd şahzoda bölgan Rama X’ning oilasi qöriqlaş xizmati komandiri bölgan. Söngra u qirollik gvardiyasi maxsus operatsiyalari bölinmasi qömondoni etib tayinlangan va 2016 yil dekabrda general unvonigaça kötarilgan.

Tailand qiroli taxtga otasi, marhum qirol Pxumipxona Adul'yadeta (Rama IX) vafotidan keyin 2016 yilda ötirgan. Tailandda hukmronlik qiluvçi Çakri sulolasida örnatilgan an'anaga köra, har bir qirolga toj kiydiriş u taxtga ötirişi bilanoq emas, balki ma'lum vaqtdan keyin yuz beradi. Öz vaqtida marhum qirol ham 1946 yilda taxtni egallagan, biroq 1950 yildagina unga toj kiydirilgan.
Amaldagi qirolga toj kiydirilişi marosimi 2 maydan 6 maygaça davom etadi. Ma'lumotlarga köra, toj kiydiriş marosimi poytaxt Bangkokdagi Zumrad Budda ibodatxonasi va Katta qirollik saroyida bölib ötadi.












