30 aprelga ötar keçasi 84 nafar bola Iroqdan Duşanbega olib kelindi, deb xabar bermoqda Asia-plus.
Tojikiston Taşqi işlar vazirligi axborot departamenti xabariga köra, ular Iroqdagi lagerlar yoki qamoqxonalarda bölgan, ekstremistik guruhlarning tojik jangarilari farzandlaridir.

Bolalarni Iroqning FlyErbil aviakompaniyasi samolyoti yordamida olib kelişdi. Ulardan ba'zilari öz vaqtida ota-onalari tomonidan Iroqqa olib çiqib ketilgan, boşqalari esa öşa yerda tuğilgan. Aksariyatining otasi öldirilgan, onasi esa terrorçilarga yordam bergani uçun Iroq qamoqlarida saqlanmoqda.

Tojik fuqarolarini Iroqdan Tojikistonga qaytariş masalasini hal qiliş doirasida Iroqdagi qamoqxonalar va lagerlarda 43 nafar ayol hamda 95 nafar bola borligi aniqlandi.
«Bugun ularning 84 nafari vataniga qaytarildi, yana 11 nafar bolani qaytariş bilan boğliq muzokaralar olib borilmoqda», - deyiladi Taşqi işlar vazirligi saytida.
Aeroportda bolalarni qarindoşlari kutib olgan.

















