Özbekiston Respublikasi prezidenti «Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonunni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.

Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 6 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi qöşimçalar va özgartiş kiritildi:

quyidagi mazmundagi 244-4-modda bilan töldirildi:

«244-4-modda. Uçuvçisiz uçadigan apparatlarni qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş

Uçuvçisiz uçadigan apparatlarni, ularning butlovçi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş, – uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) şaxsning öz xizmat mavqeidan foydalanib;
v) bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa;
g) badanga örtaça oğir yoki oğir şikast yetkazilişiga sabab bölsa, – uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar odam ölişiga sabab bölsa, – beş yildan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar:

a) odamlar ölimiga;
b) halokatga;
v) boşqa oğir oqibatlarga sabab bölsa, – sakkiz yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan şaxs, agar u uçuvçisiz uçadigan apparatlarni, ularning butlovçi va ehtiyot qismlarini öz ixtiyori bilan topşirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi»;