Senat «Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida»gi qonunni ma'qulladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
44 moddadan iborat uşbu qonunda qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştirişga doir munosabatlarning barça muhim jihatlari qamrab olingan.
Ma'lum qilinişiça, yer uçastkalarini xususiylaştiriş sub'yektlari sifatida faqatgina Özbekiston fuqarolari va Özbekiston rezidentlari bölgan yuridik şaxslar belgilangan.
Şuni ham aytib ötiş kerakki, qişloq xöjaligiga möljallanmagan hamma yerlar ham xususiylaştirilavermaydi. Qonunda bu borada aniq norma belgilangan bölib, unga köra:
- belgilangan tartibda rejalaştiriş sxemalari bölmagan hududlarda joylaşgan yerlar;
- foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik obektlar joylaşgan yerlar;
- tabiatni muhofaza qiliş, soğlomlaştiriş, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uçun möljallangan yerlar;
- örmon va suv fondlarining, şaharlar va şaharçalarning umumiy foydalanişdagi yerlari;
- erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari iştirokçilariga berilgan hamda şu kabi boşqa yerlar xususiylaştirilmaydi.
«Davlat aktivlarini boşqariş agentligi yer uçastkalarini xususiylaştirişning oçiq va şaffof mexanizmi taşkil etilişini hamda Internet orqali elektron tarzda yer savdolari amalga oşirilişini ta'minlaydi, şuningdek elektron onlayn-auksionlar ötkazilişini taşkil etadi. Şuningdek, qonunda köçmas mulk obektlari joylaşgan yer uçastkalarini xususiylaştirişga oid normalar ham belgilangan.
Yer uçastkalarini xususiylaştiriş jismoniy va yuridik şaxslarning arizalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oşiriladi. Buning uçun tölov miqdori yer uçastkasi xususiylaştirilgan kundagi yer soliği stavkasining karrali miqdorlarida belgilanadi», - deya senator Bahodir Tojiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qonunda böş turgan va Urbanizatsiya jamğarmasiga ötkazilgan yer uçastkalarini xususiylaştiriş elektron onlayn-auksion orqali amalga oşirilişi közda tutilgan. Belgilangan yer uçastkalarining boşlanğiç bahosi auksionga qöyilgan vaqtda ularning bozor qiymatiga teng etib belgilanadi.
Ta'kidlanişiça, xususiylaştirilgan yer uçastkalariga bölgan mulkdorlik huquqi «Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi Qonunga muvofiq, davlat tomonidan muhofaza qilinişi mustahkamlangan.












