«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» davlat dasturi böyiça belgilangan vazifalardan biri aholi tinçligi va xavfsizligini ta'minlaş, jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş işlarini yangi bosqiçga kötariş, şuningdek jinoyat qonunçiligini takomillaştiriş va liberallaştiriş masalalari bölgandi.
Senator Boymatjon Rasulov hanuzgaça tungi dam oliş maskanlari atrofida jinoyatçilikka qarşi kuraş çoralari körilmayotganini tanqid qilib, mutasaddilarga savol berdi.
Içki işlar vaziri Pölat Bobojonovning aytişiça, haqiqatdan tungi paytda faoliyat körsatadigan köngiloçar maskanlar va uning atroflarida jamoat tartibini saqlaş böyiça huquqiy hujjat, yagona tartib yöq edi.
«Keyingi vaqtlarda tungi klublarda jinoiy xatti-harakatlar kuzatildi, xususan, Toşkent şahrining özida yettita jinoyat qayd etildi. Şu bois bunday hududlarda jamoat tartibini örnatiş, yagona tartibni belgilaş böyiça hukumat qarori loyihasini işlab çiqiş topşiriği berilgan edi.
Dastlabki loyihada belgilangan hududlarda jamoat tartibi böyiça qat'iyroq talablar qöyilgan edi. Tegişli idoralar tomonidan ular körib çiqildi. Tadbirkorlar huquqlarini çeklaş, xavfsizlik uçun ortiqça xarajatlar, turistlarning kelişi kabi omillarni hisobga olgan holda Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlar huquqlarini himoya qiluvçi organlar bilan birga loyiha qayta körib çiqildi», - deydi vazir.
Bobojonovga köra, yangi tahrirda işlab çiqilgan hukumat qarori loyihasida xavfsizlik böyiça eng minimal törtta talab qöyilgan. Bular:
videokuzatuv tizimini örnatiş;
binolarning yon-atrofi, avtoturargohlarni yoritiş masalasi;
yonğinni öçiriş hamda birinçi tibbiy yordam körsatiş uçun zarur vositalarning bölişi kerakligi;
favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya masalasi.
Özbekiston içki işlar vazirining ta'kidlaşiça, hukumat qaror loyihasi muvofiqlaştiriş uçun prezident ma'muriyatiga kiritilgan.
















