Braziliya qöşni Venesuela uçun Venesuela bolivarlarini bosişni va eksport qilişni töxtatdi. Bu haqda Braziliya zarbxonasiga iqtibos keltirgan holda Folha de S. Paulo naşri xabar berdi.

Ta'kidlanişiça, Venesuelaga bolivarlarni yetkaziş böyiça 2018 yilda imzolangan şartnomaning amal qiliş muddati mart oyida tugagan. Ma'lum qilinişiça, şartnoma töğridan-töğri Venesuela hukumati bilan emas, balki transmilliy kompaniya orqali tuzilgan bölgan. 

2003 yildan boşlab Venesuelada barça valuta operatsiyalari davlatning qat'iy nazoratida bölgan. Bu esa natijada “qora bozor” kursining örnatilişiga olib kelgan. Uşbu kurs rasmiy kursdan önlab marta farq qiladi.

2018 yil avgustda Venesuela parlamenti valuta ayirboşlaş sohasida javobgarlikni bekor qiliş haqidagi qonun loyihasini tasdiqlagan. Bu qonun mamlakat içida xorijiy valuta muomalasiga hamda ayirboşlaş punktlarining bozor kursi böyiça işlaşiga imkon bergan.