
Agar muntazam ravişda uçraşuvlardan voz keçib, hamkorlikdagi rejalarni bekor qilsangiz döstligingiz çippakka çiqadi yoki yangi döstlar orttiriş imkoniyatidan mahrum bölasiz.
Köpçilik yaqin döstlari köp bölişini istaydi, biroq özlari buning uçun harakat qilişga tayyor emaslar.
Albatta hayotingizda uçragan barça insonlar bilan döst tutina olmaysiz. Bu zarur ham emas. Biroq yaqin döstga ega bölişni istasangiz, Jyeki Luo universal maslahatlar beradi.

1. Ilk qadamni qöying
Hurmat va yaxşi munosabatni his etgan insonlaringizga ular bilan suhbatlaşiş qiziq ekani haqida ayting. Agar ular bunga qiziqiş bildirmasalar, qörqinçli jihati yöq. Öta mijğov bölib körinişdan qörqib, biror yangi narsani örganiş imkoniyatini qöldan boy bermang.
2. Zaif bölişdan çöçimang
Öz muammolaringiz haqida gapiring va odamlardan ulardagi qiyinçiliklar haqida sörang. Faqat bar, qahvaxonalarda uçraşmang, döstlaringizni uyingizga ham taklif eting. Sovğalar bering. Döstlik uçun bir-biringizni boringizça qabul qiliş muhim. Kuçsiz jihatlaringizni körsatmasangiz, buning imkoni bölmaydi.
3. E'tibor berişni istamasangiz, “yöq” deyişni örganing

Qöpol eşitiladi, lekin sizning ham, özga kişining ham vaqt va kuçini tejaydi. Haqiqiy tuyğularsiz döst bölişga intiliş - ezgulikni namoyiş etiş emas. Şunday ekan, keyinroq yana uçraşişga va'da bermang. Har ikkingizning ham vaqtingiz çegaralangan. Uni haqiqatan ham muhim bölgan insonlarga sarflagan ma'qul.
4. Rozilik bildiring

















