Ixtisoslaşgan maktab va kollejlar haqida gap ketganda ma'naviy-axloqiy muhit yillar davomida öz holiga taşlab qöyilganini qayd etiş kerak, deb hisoblaydi Boş prokuror Otabek Murodov. 

4 may kuni Özbekiston Boş prokurori Otabek Murodov Senatning 19-yalpi majlisida prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati töğrisidagi hisobotini taqdim etdi. 

Murodovning ta'kidlaşiça, prokuratura organlari xodimlari Samarqand, Qöqon şaharlari, Çinoz va Sirdaryo tumanlarida tarbiyasi oğir bolalar uçun möljallangan muassasalarda qonunçilik ijrosini örganib, salbiy holatlarga duç kelgan. 

«Samarqanddagi öğil bolalarga ixtisoslaştirilgan internat direktori Sadinov, tarbiyaçi Oçilov va Salimov himoyasiz bolalarga rahmsiz muomalada bölib, ularni doimiy döpposlab, qiynagani uçun sud hukmi bilan javobgarlikka tortildi. Qöqon maxsus kollejida esa budjet pullarini talon-taroj qiliş, öquvçilarga nisbatan qonunga zid harakatlarni amalga oşiriş holatlari aniqlanib, aloqador şaxslar javobgarlikka tortildi», - deydi u. 

Otabek Murodovning aytişiça, voyaga yetmaganlarni maxsus muassasalarga eng sönggi çora bölgandagina joylaştirişni nazarda tutuvçi qaror loyihasi tez orada tayyor böladi. 

«Bunda muassasalarda har 20 nafar tarbiyalanuvçiga 1 nafar psixologni biriktiriş, muassasalarni kuzatuv kameralari bilan jihozlaş takliflari ham ilgari surilmoqda. Maxsus internat özi kerakmi, degan masala ham bor, balki bolalarni oilalarga taqsimlab berarmiz, deb öylayapmiz», - deydi Özbekiston Boş prokurori.