O‘zbekiston | 18:06 / 04.05.2019
4859
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston intellektual mulkni muhofaza qilish sohasidagi universal xalqaro shartnoma ishtirokchisi bo‘ldi

Foto: Shutterstock

2019 yil 25 aprel kuni Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

O‘zbekiston 2018 yil 26 dekabrdagi 511-sonli «Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Jyeneva, 1971 yil 29 oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida»gi Qonunga muvofiq mazkur Konvensiyaga qo‘shildi.

Hozirgi kunda 80 ta davlat Konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi.

Hujjat boshqa davlat fuqarosi bo‘lgan fonogramma ishlab chiqaruvchisi manfaatlarini har bir davlatning himoya qilish majburiyatini nazarda tutadi va mazkur ishlab chiqaruvchining roziligisiz dublikatlar yaratishdan, ularni ishlab chiqarish yoki keltirish umumiy ma'lumot tarqatish maqsadida amalga oshirilgan hollarda bunday dublikatlarni keltirishdan, shuningdek, umumiy ma'lumot uchun bunday dublikatlarni tarqatishdan himoya qiladi.

Mavzuga oid