Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining Jamoatçilik kengaşi Samarqand viloyati Urgut tumanida joylaşgan «Çor-Çinor» tarixiy obektida çinorlarni kesişni töxtatişga çaqirdi.

Kengaş «Pravda Vostoka» naşrida e'lon qilingan oçiq xatda Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov va Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevga murojaat qilgan.
«Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi cizlardan «Çor-Çinor» (Samarqand viloyati Urgut şahri)dagi asrlik çinorlar kesilişi holati böyiça zudlikdagi aralaşuvingizni va Özbekiston Respublikasi qonunçiligida közda tutilgan çoralarni körişingizni söraydi.

2019 yilning 30 aprel kuni «Çor-Çinor» majmuasi hududida mehmonxonani rekonstruksiya qiliş va quriliş boşlanişi töğrisida ma'lumot kelib tuşdi.
Bugun biz rekonstruksiya işlari vayron qilişga aylanib ketgani, bir neçta yoşi asrlarga teng çinorlar kesilgani, çaşmaga beton plita qöyilgani, uşbu e'zozlanadigan hamda tarixiy joy oyoqosti qilingani va buzilgani töğrisidagi ma'lumotga egamiz. Investorlarga ğamxörlik bilan asoslangan va asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bunyod etilgan narsalar bugun Samarqand viloyati Urgut tumani hokimligining köra-bila turib bunga yöl qöyişi natijasida buzilmoqda.

Köz öngimizda çinakamiga ajoyib joy öz ma'nosini yöqotdi.
Şu munosabat bilan sizlardan öz vakolatlaringizdan foydalanib asrlik çinorlarni kesişni, vayronkor rekonstruksiya işlarini töxtatiş, ajdodlarimizning ma'naviy va tarixiy merosini buzişdagi aybdorlarni javobgarlikka tortiş, şuningdek, yuzaga kelgan vaziyatda qöllanilgan çora-tadbirlar töğrisida jamoatçilikni xabardor etişingizni söraymiz», - deyiladi xatda.




















