Karimov fondi tomonidan Uzbekistan. An experience of cultural treasures to colour («Özbekiston. Madaniyat durdonalarini böyaş orqali örganiş» ) kitobi naşr etildi. Özbekistonning madaniy va amaliy san'at namunalarini böyaş orqali örganiş imkonini beruvçi kitob Nouveau Monde Editions (Fransiya) hamda Pen and Sword Books (Britaniya) naşriyot uylari bilan hamkorlikda çop etildi.

Ingliz va fransuz tillarida tayyorlangan kitob interaktiv tarzda milliy san'atdagi naqşinkor bezaklarni böyaş orqali ma'lumot oliş imkonini beradi. Kitobning har qöş sahifasi çap tarafida madaniy obektning surati va u haqida qisqaça ma'lumot, öng tomonida esa öquvçi böyaşi mumkin bölgan naqş çizmasi berilgan.

«Tört yil ilgari çet elliklar uçun Özbekistonning boy madaniyati, köhna yodgorliklari, amaliy va tasviriy san'ati haqida hikoya qiluvçi interaktiv kitob yaratiş istagi tuğildi. Bu turli davlatlarda yaşovçi yoş-u qari, turli kasb-kor vakillarida bir xil qiziqiş uyğota oladigan kitob böldi, deb hisoblayman. Mazmun-mohiyati va noşirlik san'ati jihatidan öxşaşi yöq bu kitob tarixçi, rassom, dizayner, rassom, tarjimon va muharrir kabi köp sonli ijodkorlarning tört yillik mehnati mahsuli sanaladi» , – deydi Karimov fondi rahbari Lola Karimova -Tillayeva kitob taqdimoti munosabati bilan yöllagan maktubida.

Mazkur naşrni AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Şveytsariya kabi davlatlar, şuningdek, Yaqin Şarq va Osiyo mintaqasidagi bir qator mamlakatlar kitob dökonlaridan xarid qiliş mumkin. Şu bilan birga, kitob Amazon va boşqa internet-dökonlarida ham sotuvga çiqqan.

Ma'lumot uçun, Karimov fondi Özbekistonning tarixiy-madaniy, adabiy merosini asraş, avlodlarga yetkaziş maqsadida tadbirlar taşkil etadi. Milliy adabiyot namoyandalari asarlarini tarjima va çop etiş, yoş ijodkorlarga amaliy kömak beriş ham fondning vazifalari sirasiga kiradi. Sönggi uç yil mobaynida fond tomonidan 11ta noşirlik loyihasi amalga oşirilgan.