Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehli aeroportida tuzilgan reja Toshkent aeroportida chippakka chiqdi
Bojxonachilar tomonidan O‘zbekistonga uyali telefonlarni noqonuniy olib kirish holatiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan, aeroport avtoturargohida “Dehli-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan yo‘lovchilardan telefonlarni yig‘ib olayotgan fuqaro T.A. ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu shaxs bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida Dehli aeroportida umumiy qiymati 39 million so‘mlik 26 dona “Redmi 6 Pro” uyali aloqa vositalarini Toshkent aeroportida yig‘ib olish iltimosi bilan tarqatib, mamlakatimizga noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. Ammo uning bu rejasi amalga oshmadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
17:09 / 02.07.2026
Gadjetlar tanangizni siz sezmagan usullarda o‘zgartirmoqda. Buning oldini olish mumkin
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
10:15 / 17.06.2026