Keça, 4 may kuni Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurtida Mudofaa vazirligi miqyosida birinçi marta “Körgazmali qöl jangi namoyişi” yönalişi böyiça musobaqa ötkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.



Unda 10 ta jamoa har birining tarkibida 15 nafar iştirokçi, juftlik tarkibida 2 nafar iştirokçidan iborat holda bellaşdilar.
Jamoalarning maydonga çiqişidan tortib ijro etilgan musiqagaça, kiyim rusumidan iştirokçilarning aktyorlik mahoratigaça, öziga xoslik va yangilik yaratganligi, akrobatik usullardan foydalanganligi, oyoq va qöl zarbalarining konsentratsiyasi, juft bölib qöl jangi amallarini bajariş, bu borada qilingan yangilik, namoyiş uçun ketgan vaqtgaça hakamlar tomonidan baholab borildi.



Hakamlarning xulosalariga köra, Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugidan kelgan şartnoma böyiça harbiy xizmatçi Eldor Şokirov va muddatli harbiy xizmatçi Almaz Tajyetdinov “Eng yaxşi juftlik”, Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondonligi vakillari şartnoma böyiça harbiy xizmatçi Nurgali Nişonboyev “Eng yaxşi akrobatik usul”, katta leytenant Xuşmed Qurbonov esa “Eng yaxşi texnikasi uçun” nominatsiyalarida ğolib deb topildi.



















