5 may kuni Mirzo Uluğbek tumanidagi «Ekopark» hududida «Sport yulduzlari poytaxt yoşlari bilan» şiori ostida ommaviy sport tadbiri ötkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi taşabbusi bilan ötkazilgan tadbirda sport federatsiyalari (assotsiatsiya) mutasaddilari, sport faxriylari, taniqli sportçilar, poytaxt yoşlari va ularning ota-onalari iştirok etişdi.

Tadbirning tantanali oçiliş marosimida sözga çiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Oybek Qosimov prezident tomonidan ilgari surilgan 5ta taşabbusdan biri bölgan yoşlarni jismoniy çiniqtiriş, ularning sport sohasida öz qobiliyatini namoyon qilişlari uçun zarur şaroitlarni yaratişga yönaltirilgan ikkinçi taşabbus böyiça dolzarb vazifalar belgilanganini ta'kidlab, uşbu loyiha ham poytaxt yoşlari örtasida sportga bölgan qiziqişni oşiriş maqsadida ötkazilayotganini ma'lum qildi.

Tadbirga taşrif buyurgan yoşlarga hamda ularning ota-onalariga poytaxtdagi mavjud sport seksiyalari haqida ma'lumotlar jamlangan bukletlar tarqatildi. Bundan taşqari, boğ hududiga Toşkent şahridagi sport maktablari haqida ma'lumot beruvçi bannerlar joylaştirildi.

Boğning turli burçaklarida sport turlari böyiça körgazmali maydonçalar taşkil etildi. Taşrif buyurganlar bu yerda özlarini qiziqtirgan sport turi böyiça körgazmali çiqişlarni tomoşa qiliş, maşhur sportçilar bilan mahorat darslari ötkazib, özlari xohlagan tögaraklarga a'zo böliş imkoniyatiga ega bölişdi.

Tadbir davomida yoşlar örtasida turli xil sport öyinlari ham ötkazildi.