Özbekiston prezidenti ötgan yili 21 mayda Uçtepa tumaniga taşrifi çoğida Toşkent şahri tumanlarida istirohat boğlari taşkil etib, aholining dam olişi uçun şaroitlarni kengaytiriş böyiça topşiriq bergan edi. 

Şunga muvofiq, Sergeli tumanida umumiy maydoni 10 gektar bölgan «Flowers Garden Park» taşkil etildi. Şundan 5 gektari boğ, 5 gektari gul sotiş markazidir.

Boqqa yirik gulli magnoliya, fotiniya frazeri, qora sosna, igna bargli arça, “Krimson king” çinori kabi 30 turdagi 6 mingdan ziyod manzarali daraxt va 20 turdagi 60 mingdan ziyod buta olib kelib ekilgan. Aholining köngilli hordiq çiqarişi uçun restoran, savdo şoxobçalari taşkil etilgan.

Turkiyaning “Natural Peyzaj” şirkati bilan hamkorlikda bunyod etilgan boğda 200 ta iş örni yaratilgan. Malakali agronom va entomologlar jalb etilgan.