Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşida Germaniya Federatsiyasining Xalqaro hamkorlik böyiça jamğarma kassalari fondi (Sparkassenstiftung) Özbekiston yoşlar ittifoqi, «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki, «Xalq banki» aksiyadorlik tijorat banki, «Mikrokreditbank» AT banklari örtasida özaro hamkorlik kelişuvi imzolandi.

Özbekiston agrar sektorini rivojlantiriş hamda yoş fermerlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş maqsadida ötkazilgan tadbirda Özbekiston qişloq xöjaligini rivojlantiriş, ekologik muammolarni bartaraf etiş, qişloq xöjaligi ekinlari hosildorligini oşiriş va fermerlarning daromadlarini yaxşilaş uçun kerakli modernizatsiya qiliş tadbirlarini moliyalaştiriş masalalari muhokama qilindi. 

— BMTning ma'lumotiga köra, 2061 yilda Özbekiston aholisi 42 millionga yetadi va uning 67 foizini yoşlar taşkil qiladi, – deydi Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi birinçi örinbosari Alişer Sa'dullayev. — Yoşlar bandligini ta'minlaş, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun ham bugungi hamkorlik tuzilmoqda. Yoş fermerlar uçun imtiyozli kreditlar, soliq imtiyozlari va yerlar ajratilmoqda, ammo birinçi navbatda yoşlarning moliyaviy bilim va könikmalarini şakllantirmasak, ajratilgan kreditlarni maqsadli yönaltirişga örgatmasak, ularning faoliyatida inqiroz kelib çiqişi mumkin. 

Özbekiston yoşlar ittifoqi delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasidagi xizmat safarida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlaniş federal vazirligi bilan bir qator loyihalar böyiça muzokaralar olib borgan edi. Dunyo böyiça 200dan ortiq loyihalarga hamkorlik qilgan Xalqaro hamkorlik böyiça Jamğarma kassalari fondi 2003-2015 yillarda Özbekistonda ham bir qator loyihalarni amalga oşirgan. Mazkur kelişuv    esa ikki mamlakat hamkorligining bardavomligiga köprikdir.

Kelişuv orqali Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlaniş federal vazirligi (BMZ) homiyligida Özbekiston Qişloq xöjaligi sektorini mustahkamlaş va yetarli moliyaviy xizmatlar körsatiş orqali Özbekistonda qişloq xöjaligi rivojlantiriladi. Tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini rivojlantiriş yoki boşlaşni maqsad qilgan yoşlarning 90 foizi imtiyozli ravişda kredit olişni istaydi. Banklarda imtiyozli kredit oliş uçun yetarli darajada resurslar mavjud, lekin yoşlarning kreditlaş jarayonida bilimlari yetarli bölmagani sababli biznes reja tuziş, hujjatlar töplamini töliq şakllantirişda qiyinçilik yuzaga keladi.