7 mayning ikkinchi yarmida Avstraliyaning Viktoriya shtatida joylashgan Mildyura shahriga kuchli qum bo‘roni yopirildi. Qum va changdan iborat ko‘p metrlik devor 87 km/soat tezlikda esayotgan shamol bilan birga kunni zulmatga aylantirib, 20 daqiqacha davom etgan.
Chang sababli yo‘llarda ko‘rish darajasi tushib ketgan, bu esa ko‘plab haydovchilarga noqulayliklar yetkazgan. Biroq shaharda yomon ob-havo sharoiti sababli birorta jiddiy hodisa yuz bergani ma'lum qilinmagan.
Mahalliy aholining ta'kidlashicha, ushbu bo‘ron oxirgi 40 yil ichidagi eng kuchlisi bo‘lgan.


Avstraliyaning janubi-sharqiy qismida kuchli shamol, yomg‘ir, havoning keskin sovishi, ba'zi joylarda esa qor yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda qor qatlami 20 smgacha yetishi mumkinligi ma'lum qilingan.
A massive dust storm has hit the northwest of Victoria. @JaneBunn explains why. pic.twitter.com/4ZMkz1NZ7V
— 7NEWS Melbourne (@7NewsMelbourne) 7 maya 2019 g.















