Germaniyaning Gessen federal yerida 7 may kuni ilk elektr avtoban oçildi. Vayterştadt va Myorfelden şaharlari orasidagi A5 trassasining 14 kmlik qismi böylab kuniga bir neça marotaba turli kompaniyalarning elektr yuk maşinalari harakatlanadi.
2020 yil örtalariga kelib sinov trassasiga dizelda işlovçi va qöşimça elektr motor bilan jihozlangan 5 ta yuk maşinasini olib çiqiş rejalaştirilgan.
Elektr avtobanda yuk maşinalar xuddi trolleybuslar kabi yuqoridan ötkazilgan elektr tarmoğidan quvvat oladi.
Bu loyihani amalga oşirişda Darmştadt texnika universiteti hamda Siemens Mobility va ENTEGA kompaniyalari iştirok etmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi osma elektr tarmoqlar konstruksiyasi qurilişiga 14,6 mln yevro ajratgan. 2022 yilgaça davom etadigan elektr avtoban sinovlariga qöşimça 15,3 mln yevro ajratiş möljallangan. Ayni vaqtda vazirlik elektr yuk maşinalarini işlab çiqişga 70 mln yevrodan köproq mablağ ajratgan.
Ma'lum qilinişiça, kelgusida yana ikkita avtobanda şunday konstruksiyalarni quriş rejalaştirilgan. “Elektr motorli va tok qabul qilgiçli yuk maşinalar atrof-muhit uçun zararsiz yuk taşişlar yölidagi juda samarali yeçim hisoblanadi”, deb aytgan vazirlik vakili.












