Har bir kambekning öz tarixi bor, töğri. Biroq ularni boğlab turadigan qandaydir umumiy jihat ham bölişi kerak-ku, töğrimi?

Topdim özimça: birorta kambekda ikki taraf zör öynamagan bölarkan, aniqroği, bir taraf kuçli öyinini namoyiş etsa-da, narigisi öynamagan böladi ekan. Tengkuraşlar natijasida kambekka erişib bölmaydi ekan. Ğalaba qozongan klubdagi iştiyoq raqibning öyinni topşirib qöyişga «tayyorligi»dan paydo bölarkan odatda. 

1999 yilgi YeÇL finali sönggi daqiqalarini eslang, «Bavariya» göyo öyin hal böldi, deb öylagan, hujumlari samarasiz yakunlasa-da, befarqligiça «MYu»ning kuçayişini kutardi. «Qizil iblislar» öyin davomida sönggi soniyalardagi voqeaga işonqiramay harakat qilişgan, öyin tugaşi oldidangina raqibning yutqazişga tayyor ruhiyatini anglab yetişgan, xolos.

2005 yilgi final ham şu. «Milan» ikkinçi bölimni butkul taşlab yuborgan. «Liverpul»da şijoat öşa «taşlab yuboriş»dan söng boşlangan. Gol ketma-ket kiritilsa ham öziga kelişni istamagan «Milan» qattiq jazolangani esingizda, albatta?!

2016 yilgi final. «Real» vakillari sönggi soniyalardagina hamşaharlari köziga yaxşilab tikilib qaraşsa, ular tuşkunlikka tuşişgan, mağlubiyatga tayyor holdalar. Böldi, şundan söng iştiyoq uyğonadi-da...

2017 yilgi «Kamp Nou»dagi 6:1. Dahşatli oqşomda «Barselona» darvozasiga «PSJ» tomonidan gol urilganda, kataloniyaliklarning özlari ham endi möjiza sodir bölmaydi, deyişgan ekan. Biroq, raqibning közidagi öşa qörquv, xavotir va yana allambalo tuyğular Enrike şogirdlarini har ehtimolga qarşi oldinga undayvergan. Oxirgi daqiqalardagi 3ta gol «Barsa»ning superşijoati hisobiga emas, parijliklarning ruhan mağlublikka tayyorliklari hisobiga kiritilgan, deb öylayman.

2018 yilgi «Roma»dan qabul qilingan kambekda ham boş rolni rimliklar emas, kataloniyaliklarning özlari öynab berişgan. «Roma» qarayapti, «Barsa» öynagisi kelmayapti, nega urib taşlamasligimiz kerak, deb işlarini qilaverişgan, öyin oxiriga kelib tabloda 3:0 hisobi porlab qolgan.

Şu yilgi «PSJ» – «MYu» öyini ham şunaqa. Parijliklar muşuk siçqonni öynab yegani singari oxirigaça öta qaltis hisobda yugurmasdan öynayverişdi. Oqibatda, eng yaxşi öyinlaridan birini-da ötkazmayotgan Mançester birgina hujumga ötib, yulduzlar fabrikasini jazolab qaytdi. Öşa keça «MYu» ğalabani penaltidan gol urmagunça ham öylay oladigan holatda emasdi.

«Real»ning öz uyida «Ayaks»ga boy bergan bahsi ham şu jumladan. Raqibni borib uyida yengib qaytdingmi, öz uyingda bemalol öynayver, degan qoida madridliklarning darsliklarida köp ötilgan, şekilli, bu safar u yomon oqibatini berdi. Amsterdam bolalari fantastik öyin körsatişgandir, biroq, bu öyindagi muvaffaqiyat köproq «Real»ning nursiz va samarasiz hujumlari hosilasi böldi.