Özbekiston Boş prokuraturasi Farğona viloyati Qöqon şahridagi 8-sonli umumiy ta'lim maktabida röza tutgan öquvçilar maktab hovlisida yugurtirilgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma'lumot berdi.

Farğona viloyati prokuraturasining Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotnomasiga köra, 608 nafar öquvçiga möljallangan maktab hududida (1928 yilda qurilgan maktabda hozirda 912 nafar, şundan 523 nafar boşlanğiç sinf öquvçilari tahsil olib kelmoqda) suriştiruv işlari olib borilgan.

«Örganiş davomida maqolada körsatilgan holatlar yuzasidan 8-sonli umumiy ta'lim maktabi direktori va maktabning boşqa mansabdor şaxslari hamda öqituvçilardan yuqoridagi holat yuzasidan tuşuntirişlar olindi.

Holat yuzasidan tuşuntiriş bergan maktab direktori Feruza Jabbarova ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlar notöğriligini, joriy yilning 6 may kuni tuşlik vaqtida darslari tugab uyga qaytayotgan boşlanğiç sinf öquvçilariga özlarini ehtiyot qilib yurişlari va vitaminlarga boy ovqatlarni iste'mol qilişlari kerakligini aytgani, biroq ularga heç qanday tazyiq ötkazmaganini bildirgan.

Şu kabi, maktab öqituvçilari ham öz tuşuntirişlarida maktab hududida bunday salbiy holat umuman bölmaganini bayon qilişgan.      

Şuningdek, holat yuzasidan boşlanğiç sinf öquvçilari bilan pedagog psixologlar iştirokida suhbatlaşilganda, röza tutgan bolalarni heç kim maktab hovlisida yugurtirmaganini bildirişgan.

Örganiş davomida, maktab direktori tomonidan joriy yilning 6 may kuni röza tutgan boşlanğiç sinf öquvçilarini maktab hovlisida yugurtirgani holati öz tasdiğini topmadi», deyiladi prokuratura xabarida.

Şuningdek, Qöqon şahar xalq ta'limi bölimi tomonidan ham vaziyat örganilgan.

«Xizmat suriştiruvi davomida şular ma'lum böldiki, mazkur maktabda öquvçilar röza tutişlari uçun heç qanday tazyiq ötkazilmagan. Öqituvçilar tomonidan avvalo öquvçilar bilim egallaşi muhimligi, fanlarni özlaştiriş uçun soğlom bölişlari şartligi, şuning uçun ham vaqtida ovqatlanişga e'tibor qaratilişi xususida tuşuntirişlar berilgani aniqlandi.

8-umumiy örta ta'lim maktabida heç qaçon futbol maydoni bölmagan. Maydon yaqinda maktab rahbariyati tomonidan barpo etilgan. Unda öquvçi yoşlar futbol hamda jismoniy maşqlar bilan şuğullanib kelişmoqda. Maktabning boşlanğiç sinf öquvçilari uçun bepul fitobarlar taşkil etilgan.

Mazkur maktabda ta'lim sifatiga alohida e'tibor qaratilayotgan bölib, malakali pedagog-öqituvçilar mehnat qilib kelmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy işlar ham namunali taşkil etilgan bölib, maktab öquvçilari örtasida turli tadbirlar, sport musobaqalari ötkazib kelinmoqda.