Özbekistonning Moskva şahridagi elçixonasi konsullik bölimi Tula oblasti Uzlovaya şahrida fuqaro U.Egamurotovaning öldirilişi bilan boğliq vaziyatni kuzatib borişda davom etmoqda, deyiladi TIV tomonidan tarqatilgan xabarda.
Bildirilişiça, marhuma kelib çiqişiga köra haqiqatdan ham özbekistonlik bölib, 2011 yilda doimiy yaşaş joyini Rossiyaga köçirgan hamda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olib Özbekiston fuqaroligidan voz keçgan.
2019 yilning 1 may kuni U.Egamurotovaning jasadi, vatandoş sifatida, Özbekistonga yetkazildi hamda 2 may kuni vatanda dafn etildi. Jasadni jönatiş va dafn etiş xarajatlarini rossiyalik iş beruvçi öz zimmasiga oldi. Marhumaning 3 nafar farzandi – Rossiya fuqarolari Tula viloyatida öz otalari – Rossiya fuqarosi qaramoğida qoldi.
Ayni paytda Tula viloyati Tergov boşqarmasi Uzlovaya şahri tergov bölimi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida közda tutilgan jinoyat (odam öldiriş) alomatlari böyiça oçilgan jinoyat işining tergov jarayonlari davom etmoqda. Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi qamoqqa olingan.
Ayni paytda u bilan tergov işlari olib borilmoqda va u Rossiya Jinoyat kodeksi doirasida öz qilmişiga yaraşa jazo oladi, deyiladi xabarda.












