7 may kuni Toşkentdagi AKFA Medline klinikasida beşinçi Ozarboyjon-Germaniya-Turkiya-Özbekiston tibbiyot Kongressi bölib ötdi.

Kongressda Germaniya, Ozarboyjon, Turkiya kabi davlatlardan tibbiyot sohasining 15 nafar professor va fan doktorlari, AKFA Medline klinikasining yetakçi şifokorlari, tibbiyot sohasida ta'lim olayotgan talaba yoşlar, şuningdek, OAV xodimlari iştirok etdi.

Tadbir oçilişida nutq sözlagan Germaniya, Ozarboyjon va turkiyalik mutaxassislar umumiy xirurgiya, onkologiya, gastroenterologiya, ginekologiya, ultratovuş tadqiqoti va radiologiya böyiça öz könikmalarini AKFA Medline klinikasi şifokorlari bilan örtoqlaşdi, özaro tajriba almaşildi.

Kongress dasturi davomida tibbiy trening va master-klasslar, davolaş hamda taşxis qöyiş böyiça özaro tajriba almaşiş imkonini beruvçi loyihalar ham ötkazildi. Jumladan, AKFA Medline jarrohlari va professor Gurbanxan Muslimov hamkorligida “Oşqozon osti bezining distal korporokaudal rezeksiyasi” nomli körgazmali operatsiya ötkazildi va bu jarayon real vaqt rejimida konferens-zaldagi barça mehmonlarga namoyiş qilib borildi.

“Şu yilning 3 may kuni Boku şahrida beşinçi Ozarboyjon-Germaniya-Turkiya-Özbekiston tibbiy Kongressining oçilişi bölib ötgan edi. Unda Ozarboyjon, Germaniya, Turkiya kabi davlatlarning yetakçi şifokorlari qatorida AKFA Medline klinikasining şifokorlari ham iştirok etdi.

Mazkur Kongress iştirokçilari jarrohlikning innovatsion uslublarini tahlil qilgan holda bemorlarni davolaş amaliyotidagi yangiliklarni joriy qiliş böyiça öz hududlaridagi tajriba bilan örtoqlaşdilar. Bugungi Kongress avvalgisining davomi sifatida taşkil etilmoqda.