AQŞ prezidenti Donald Trampni ma'qullaş reytingi uning prezidentligi vaqtidagi eng yuqori körsatkiç – 46 foizga yetdi. Bunday xulosaga Gellap instituti tadqiqotçilari kelişgan. Ular olib borgan sörovnomalar natijalari institut saytida keltirilgan.

17-30 aprel kunlari olib borilgan tadqiqotda 1024 nafar respondent iştirok etgan. Tadqiqot natijalariga köra, Respublikaçilar partiyasini qöllab-quvvatlovçilar orasida Trampning faoliyatini ma'qullovçilar 91 foizni, Demokratik partiya tarafdorlari orasida 12 foizni, ikkala partiyani ham qöllab-quvvatlamaydiganlar orasida esa 37 foizni taşkil qilgan.   

Trampning prezidentlik muddati davomida uni ma'qullaş örtaça reytingi 40 foizni taşkil qiladi. Bu körsatkiç eng past daraja – 35 foizga 2017 yilda tuşib ketgan. Trampni qöllab-quvvatlaş reytingi oxirgi marta rekord daraja – 45 foizga joriy aprel boşida kötarilgan.

Avvalgi prezident Barak Obamaning şu davrdagi qöllab-quvvatlaş körsatkiçi 44 foizni taşkil qilgan. Umuman olganda AQŞ prezidentlarini örtaça aholining 54 foizi qöllab-quvvatlagan. Tramp ma'qullaş reytingi 50 foizdan oşmagan birinçi AQŞ yetakçisi böldi.  

2018 yil fevralda Boise instituti Trampni AQŞ tarixidagi eng nomaşhur prezident deb atagandi.