BMTning Nyu-Yorkdagi boş qarorgohida “Ayollar uruşda” nomli körgazma oçildi. Uşbu körgazma ayollarning insoniyat tarixining eng fojiali davrlaridagi rollarini eslatişga çorlangan.
Körgazmada jangovar harakatlarda faol iştirok etgan va front ortida oğir işlarni bajargan sovet ayollari suratlari taqdim qilingan. Ekspozitsiyalar qahramonlari orasida Ikkinçi jahon uruşi vaqtidagi deyarli barça sobiq ittifoq respublikalarining vakilalari, jumladan tarixdagi eng muvaffaqiyatli mergan ayol, duşmanning 309 askari va zobitini yöq qilgan Lyudmila Pavliçenko, 46-aviatsiya polki uçuvçisi, tungi vaqt janglarga kirişib, duşman pozitsiyalariga yaqinlaşişdan oldin natsistlar bilmasligi uçun samolyoti motorlarini öçirib qöygan afsonaviy “tungi alvastilar”dan biri Darriya Kaşfiyeva bor.
BMT boş kotibi Antoniu Guterreş körgazmani oçayotib, uruş tarixi bu ayollar tarixi ham ekanini ta'kidlab ötgan.
“Bu körgazma ularning jasurligi va tengi yöqligining isbotidir”, deb aytgan BMT boş kotibi.
Körgazma Özbekiston, Armaniston, Belarus, Ozarboyjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirğiziston va Qozoğiston missiyalari tomonidan taşkillaştirilgan va Ğalaba kuniga bağişlangan.
BMT boş kotibi öz nutqida bugungi kunda juda köplab ayollar BMTning tinçlikparvar missiyalarida, jumladan rahbarlik lavozimlarida işlayotganlarini eslatib ötgan.
“Biz tinçlikka va umumiy maqsadlarimizga ayollarning tölaqonli va teng huquqli iştirokisiz erişa olmaymiz”, deb aytgan Guterreş.












