AQŞ prezidenti Donald Tramp 8 may kuni Eronda metall qazib oliş va işlab çiqarişga qarşi sanksiyalar haqidagi farmonni imzoladi.

Çeklovlar Eronda temir, pölat, alyuminiy va mis işlab çiqarişga taalluqli böladi.

Sanksiyalar eronlik işlab çiqaruvçilar va metall işlab çiqaruvçi korxonalar egalariga, Eron metali bilan savdo qiluvçilarga qarşi qaratilgan. Ularning AQŞ yurisdiksiyasidagi aktivlari AQŞ moliya vazirligi tomonidan bloklanişi mumkin.   

Şuningdek, Eronga yuqoridagi metallarni qazib oliş va işlab çiqariş uçun möljallangan mahsulotlar va qurilmalarni yetkazib beriş taqiqlanadi. 

Keyinroq Tramp yangi sanksiyalar Eron eksportining 10 foizga yaqinini qamrab olişini ma'lum qilgan.