“Jomboy tongi” gazetasi muharriri Isomiddin Pölatov tuman kengaşi deputatlari faoliyatiga nazar taşlab, Facebook’da post qoldirdi. Quyida uning matni biroz qisqartirilgan holda keltiriladi.
“Bu bitikni yozişga olti oydan kam tayyorlanmadim. Ammo odatdagidek, material töplaş uçun emas. Qandaydir jarayonni ham kutganim yöq. Rosti, yozişga qörqdim (hozir ham qörqib turibman). Tan oliş, iqror böliş juda oğir.
Tuman kengaşi deputatiman.
Keling, qisqaça şu haqda.
Tuman kengaşida böşab qolgan öringa nomzodimni taklif etişdi. Aniqroği, saylovning bir hafta nari-berisida. Ruhiy tayyor emasdim, deputatning vakolati, majburiyatini bilişga, his etişgayam ulgurmadim. Şunçalik tez deputatga aylandimki, anglamay qoldim. Meni kim sayladi, nega sayladi, hozirgaça tuşunmayman.
Öylaymanki, tumandagi bir taşkilot rahbari ekanim, gazetada muharrirligim deputat bölişga loyiqligimni bildirmaydi. Bunday bölmasligi kerak. Odamning lavozimi saylovlarda rol öynaşi tarafdori emasman.
Rosti, dastlabki sessiyalarda qatnaşganimda kun tartibiga qöyilgan masalalarni öqib, bu qarorlarni deputatlar tasdiqlaşini anglaganimda, suyunganman.
Ammo tuşundimki, ba'zan “ovozga qöyaman” degan kalomga “qarşiman”, “e'tirozim bor” deyolmay qolarkansiz. Çunki yoningizda kötarilgan “30 ta qöl” bunga yöl qöymaydi. Ularga qöşilib oqqaningizni bilmay qolasiz. Savol bersangiz, ensaqotişlar, zardali nigohlar ta'qibida qolasiz. Çunki boşqalarning vaqtini olayotgan bölasiz (!). Sessiyaning tezroq tugaşini kutayotgan ayrim safdoşlaringizga yoqmaysiz. Buning oşkora va yaşirin belgilari sizga öşa zahoti ma'lum böladi.
Qançalik dahşat-a! Deputat sessiyaning tugaşini, anglanmagan masalaning tezroq yopilişini kutsa! Şundan keyin ham deputat bölişga havas qoladi, deysizmi?
Oçiği, biror özim tuşunmagan, işonmagan masalani tasdiqlaş söralganda, içimdan qirindi ötadi. Ba'zan qöl kötarmay qöyaman. Buyam aslida vijdonni ovutib qöyiş uçun. Harqalay, olqişlamadim-ku, deb özimni yupatiş uçun.
Sessiyalarda önlab masalalarning ikki-uç soatda körilişi bu alohida mavzu. Huquq tartibot organlari rahbarlarining hisob bermaydigan quruq hisoboti, axboroti ham “yopiq mavzu” bölmasligi kerak, albatta.












