Angliya terma jamoasining sobiq futbolçisi Devid Bekxem maşina boşqariş vaqtida telefonda gaplaşgani uçun yarim yilga haydovçilik guvohnomasidan mahrum etildi. Bu haqda Sky News naşri xabar berdi.
Voqea Londonda 2018 yil noyabr oxirida yuz bergan. Ötkinçi odam sobiq futbolçining Bentley maşinasini boşqara turib telefonda gaplaşayotganini suratga olib, suratlarni politsiyaga topşirgan. Prokuror Mettyu Spratning tuşuntirişiça, Bekxem maşinani sekin haydayotgan bölgan, biroq smartfoniga çalğib, yöldan közini uzgan. Bu esa qonunbuzarlik hisoblanadi.
Şu tariqa Bekxem avval tezlikni oşirgani uçun olgan 6 jarima baliga yana qöşimça 6 ball olgan. Britaniyada 12 yoki undan köproq jarima bali olgan haydovçi öz guvohnomasidan mahrum etiladi.
Şuningdek, sobiq futbolçiga 750 funt sterlinglik jarima hamda 175 funt sterling qöşimça xarajatlarni, jami 1200 funt sterling tölab beriş majburiyati yuklangan.
Bekxem futbolçilik faoliyatini 2013 yilda yakunlagan. U öz vaqtida “Mançester Yunayted”, “Real”, PSJ, “Milan” va “Los-Anjyeles Gelaksi” klublarida töp surgan. Angliya, Fransiya, Ispaniya çempionatlarida hamda Çempionlar ligasida ğolib bölgan.












