Samarqand viloyatining Kattaqörğon şahri IIB sobiq katta tezkor vakili San'at Umarov tomonidan öğrilikda gumonlanib, şahar IIB binosida tahqirlanib yeçintirilgan, söngra Oqdaryo tumanida sodir etgan öğriliklari uçun JIB Oqdaryo tuman sudi tomonidan 4 yil ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlangan Kattaqörğon tumanida istiqomat qiluvçi Nasiba Toşmatova Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanida yana jinoyat ustida qölga tuşgan edi.

Jinoyat işlari böyiça Ğallorol tuman sudining sudya U.Xidirboyev raisligida bölib ötgan oçiq sud majlisida Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 3-qismi «a» bandi bilan ayblangan, ilgari tört marotaba sudlangan Nasiba Toşmatovaga nisbatan yuritilgan jinoyat işi körib çiqildi.

Nasiba Toşmatova 2019 yilning 10 fevral kuni ertalab oltilarda jinoiy şerigi Ozod Salomov bilan «Ğallorol dehqon bozori» hududiga kelib, soat sakkizlar atrofida bozordan sabzavot mahsulotlari xarid qilayotgan L.A.ning hamyonidagi 165 ming söm pul va bozor bahosi 150 ming söm bölgan Samsung markali uyali telefonini kissavurlik yöli bilan öğirlagan.

Şu kuni u O.Salomov bilan özining jinoiy xatti-harakatlarini davom ettirib, soat 8:30 lar atrofida bozorga kiriş darvozasi oldida paypoq xarid qilayotgan S.Ya.ning hamyoni va 75 ming söm miqdoridagi pullarini öğirlayotgan çoğida uşlangan va jinoiy qilmişlari foş etilgan.

Sud majlisida N.Toşmatova aybiga töliq iqror bölib, şu kuni Ğallorolga şerigi O.Salomov bilan yölovçi maşinada kelişgani, bozorda nonuşta qilişgani, bir şişa aroq ham içişgani, söngra öğrilik qilişga kelişişganini aytib bergan.

Sud N.Toşmatova oldin ham bu jinoyatni bir neça marta sodir etganligini inobatga olib, uni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatişning imkoni yöq, degan qat'iy fikrga kelib, ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlaşni lozim deb topdi.

Sud hukmiga köra, N.Toşmatova Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 3-qismi «a» bandi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Jinoyat işlari böyiça Oqdaryo tuman sudining 2018 yil 19 dekabr kungi hukmi bilan tayinlangan 4 yillik ozodlikdan çeklaş jazosining ötalmay qolgan 3 yilu 11 oy 6 kunlik qismi qöşilib, uzil-kesil ötaş uçun 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan.