4 iyul kuni internetda Kattaqörğon militsiya bölimiga olib kelingan ayol yeçintirilib tahqirlangani tasvirlangan video tarqaldi. Bu ayol avvaliga bozorda katta miqdorda öğirlik qilişda gumon qilinib, mahkamaga olib kelingan va keyin gumon isbotini topmagaç, qöyib yuborilgan.
Uşbu videoda voqea 3 iyun kuni Samarqand viloyat Kattaqörğon şahar IIB binosida bölib, ayolni yeçinişga majburlagan şaxs esa IIB Jinoyat-qidiruv bölimi tergovçisi San'at Umarov ekanligi aytilgan.
Videoda San'at Umarov gumondorni haqoratlab, unga baqiradi va söngra uni yalanğoç holatda köçaga çiqişga majburlaydi.
«Kun.uz»ga ma'lum qilinişiça, Samarqand viloyat IIB tomonidan tekşiruv harakatlari ötkazilib, noqonuniy xatti-harakat qilgan xodim Kattaqörğon şahar IIB Jinoyat qidiruv bölimi tezkor vakili San'at Sulaymonoviç Umarov ekani aniqlanib, u ayni vaqtda içki işlar organlari xodimlari safidan böşatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat prokuratura idoralari tomonidan jinoyat kodeksining mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş jinoyati bilan işi qözğatilgan, sobiq xodimga nisbatan suriştiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyat IIB ma'lumotida voqea Tergov bölimida yoki aynan tergovçi tomonidan sodir etilmagani ta'kidlangan, videoda aks etgan bino ham Tergov bölimining binosi emas.
«Hozirgi kunda mazkur iş bilan Boş prokurorning şaxsan özi şuğullanmoqda. Umumiy holat böyiça xizmat tekşiruvi ham boşlangan. Töliq u ekanligini biliş uçun yuzlaştiriş, videodagi ovozlarni tekşiriş kerak. Çunki uning yuzi körinmagan. Hozirda Umarov uşlangan, unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanişi masalasi körib çiqilmoqda», deya ma'lumot bergan Boş prokuratura jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Surayyo Rahmonova.
Ma'lumot uçun, Jinoyat kodeksining 206-moddasi hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş hisoblanadi. Mazkur jinoyatda mansabdor şaxs öziga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan çetga çiqadigan xarakatlarni qasddan sodir etadi. Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga köp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilişiga sabab böladi.
Öşa harakat mas'ul mansabdor şaxs tomonidan sodir etilgan bölsa, sud tomonidan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.















