Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va boş vaziri, Dubay şayxi Muhammad bin Roşid Ol Maktum Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb yozmoqda Gulf News.

«BAA jahonning boşqa davlatlari bilan butun insoniyatga foydasi tegadigan jips hamkorlik tamoyillariga çuqur amal qiladi, bu yölda Amirlik insonlar hayotini yaxşilaş uçun muvaffaqiyat tarixlari va tajribalari bilan örtoqlaşişga intilib keladi», degan Muhammad bin Roşid Ol Maktum.

Özbekiston delegatsiyasini Dubay valiahd şahzodasi, Ijroiya kengaşi raisi şayx Hamdan bin Muhammad bin Roşid Ol Maktum, Muhammad bin Roşid Ol Maktum nomidagi Bilimlar jamğarmasi raisi şayx Ahmad bin Muhammad bin Roşid Ol Maktum ham  qabul qilişgan.

Uçraşuvda şuningdek, Devon va kelajak işlari böyiça vazir Muhammad Abdulloh al-Qarqoviy, şuningdek, baxt va farovonlik masalalari böyiça davlat vaziri hamda boş vazir devonxonasining boş direktori Uhud Bint Xalfon ar-Rumiy va boşqa rasmiy şaxslar iştirok etişgan.

«Jahon mamlakatlari hukumatlari bilan hamkorlik munosabatlarini örnatiş prezident zoti oliylari şayx Xalifa bin Zoyd Ol Nahayon rahbarligida olib borilayotgan BAAning xalqaro siyosatini töliq aks ettiradi. Biz özimizning unikal modelimiz va boşqaruvning innovatsion strategiyasi, şuningdek, muvaffaqiyatimiz tarixi bilan jahonga örtoqlaşmoqçimiz», — degan şayx Muhammad.

Dubay şayxi Özbekiston delegatsiyasini olqişlab, ikki davlat örtasidagi munosabatlarga yuqori baho berdi.

«Bir neça hafta ilgari men Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşgan edim. Bugun esa ikki davlat örtasida imzolangan strategik hamkorlik bitimlarini amalga oşiriş böyiça mexanizmlar va batafsil rejalarni işlab çiqiş maqsadida BAAga taşrif buyurgan yuqori darajadagi hukumat delegatsiyasini qabul qilmoqdamiz», — degan u.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning BAAga taşrifi davomida imzolangan bitimlarga köra, 2019 yilda 57ta qöşma taşabbuslarni işga tuşiriş uçun ikki davlat 19ta ekspert maqsadli guruhlarini şakllantirib olişgan. Ular Özbekiston hukumati oldida turgan kelgusidagi vazifalarni belgilab berişga yönaltirilgan biznes-modellarning amalga oşirilişini qöllab-quvvatlab turadi.

Uşbu haftada bölib ötgan qöşma maqsadli guruhlar uçraşuvlarida bir qator sohalarda, çunonçi, davlat xizmatlari, milliy strategik rejalar, ta'lim va iqtisodiyot istiqbollari, dasturlaştiriş, global raqobatbardoşlilik, aeroport, bojxona va erkin iqtisodiy zonalarni boşqariş, prognozlaştiriş, aqlli şaharlar, biznes yuritiş qulayligi, yetakçilik dasturlari, salohiyatni yuksaltiriş va aqlli hukumat ilovalari böyiça muzokaralar olib borilgan.