Hindistonning eng boy odami, boyligi 44,5 mlrd dollarga baholanuvçi Mukeş Ambani Britaniyaning Hamleys öyinçoqlar dökonlari tarmoğini sotib oldi. Financial Times naşrining xabar berişiça, bitim qiymati 88,5 mln dollarni taşkil qilgan.
Londonda 1760 yilda tadbirkor Uilyam Xemli tomonidan asos solingan Hamleys özini dunyodagi eng qadimiy öyinçoqlar dökoni deb ta'riflaydi. Tarmoqning 1881 yilda Londonning eng asosiy savdo köçalaridan biri – Rijyent-stritda oçilgan boş dökoni 7 qavatdan iborat va diqqatga sazovor joy hisoblanadi.
Ayni vaqtda tarmoq 18 ta davlatda 150 dan köproq dökonga ega. Ulardan 30 tasi kompaniya mulki hisoblanadi, qolganlari franşiza şartlari bilan işlaydi. Ambaniga tegişli Reliance xoldingi Hindistonda Hamleys brendi ostida savdo qiluvçi yuzga yaqin dökonni boşqaradi.












