Jahon | 14:36 / 12.05.2019
33326
1 daqiqa o‘qiladi

Toqayev qaysi davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlashini aytdi

Foto: Global Look Press

Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev saylovoldi dasturida qaysi davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlashini ma'lum qildi.

"Strategik hamkorlarimiz - Rossiya, Xitoy, AQSh, Markaziy Osiyo davlatlari, Yevropa Ittifoqi, Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari, hamda BMT, MDH, YeOII, ShHT, YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaymiz", - deyiladi Toqayevning saylovoldi dasturida.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston jahonda alohida obro‘ga ega bo‘ldi, o‘zining tinchliksevar, ochiq davlat ekanligini, xalqaro ishlarda ishonchli va mas'uliyatli hamkor ekanligini isbotladi.

Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasi 65 yoshli Toqayevni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi.  

Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi 9 iyunda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan. 

Mavzuga oid