Urgut tumanidagi maktablarning öqituvçilari maoşlaridan bir oylik harbiy xizmatga çaqirilganlarning kontrakti uçun pul ötkazib beriş böyiça buyruq olişgani yuzasidan murojaat qilişdi.

Ularning ma'lum qilişiça, tuman hokimi Mamatjon Turdiyev barça maktab direktorlari iştirokida yiğiliş ötkazib, har bir maktab jamoasi öz hududidagi mahalladan harbiy xizmatga bormagan bitta yigitni topib, safarbarlik çaqiruv rezerviga (bir oylik harbiy xizmat) yuboriş vazifasi topşirilgan.

Yaqin yillargaça jamiyatning eng «himoyasiz ulkan qatlami» hisoblab kelingan bu soha vakillariga öz vazifasidan taşqari turli yumuşlar buyurilgani rost. Ammo sönggi yillarda majburiy mehnat, noqonuniy yiğimlardan öqituvçilar ançagina xalos bölgani sababli dastlab ma'lumotga şubha bilan qaradik. Ammo tahririyatimizga birin-ketin şu holatni tasdiqlovçi xabarlar kela boşladi.

Vaziyatga aniqlik kiritiş uçun tumandagi bir qator maktablarda böldik. Xalq orasida bekorga «himoyasiz qatlam», deyilmas ekan. Ayrim direktorlar hokimning xuddi şu topşiriğini bajarayotganini oçiq-oydin bayon qilgan bölsa, bir neça maktab direktorlaridan ma'lum sabablarga köra, «heç narsa deyolmayman», «men öşa yiğilişga bormagan edim», kabi javoblar ham oldik. Ammo biror direktor «bu bölmagan gap», degan emas. Şu bilan birga yuqoridagi holatning bor gap ekanini, ayni vaqtda kimnidir harbiy xizmatga yuboriş uçun endi öqituvçilardan pul yiğişga majbur ekanini ta'kidlaganlar ham böldi.

Biz Urgut tumani mudofaa bölimiga borganimiz yöq. Suratdagi hujjatni esa tumandagi maktab direktoridan oldik.

Urgut tuman hokimi ham, tuman xalq ta'limi bölimi mudiri ham uşbu maqola e'lon qilingaç, «barçasi tuhmat, hammasi bekor gap» deyişi kundek ravşan.

Unda savol: maktab direktorlarining qölida «Moliya vazirligining «Safarbarlik çaqiruv rezervi mablağlari» maxsus hisob-raqamiga badal ötkaziş tartibi töğrisidagi şartnoma» nima qilib «adaşib» yuribdi?

Ana şu hujjatlarni bizga taqdim etgan direktorlar (maktablar raqami va suhbat audioyozuvi tahririyatda bor) navbatdagi boşoğriqning bor gap ekanini tasdiqlab, allaqaçon harbiy xizmatga çaqiriluvçi ham topişganini bildirişdi.