12 may, yakşanba kuni Italiya A Seriyasida 36-turning bir qator uçraşuvlari bölib ötdi.

Markaziy öyin Rimda «Roma» va «Yuventus» örtasida keçdi. Unda maydon egalari Alessandro Florensi va Edin Jyekoning öyin oxirida urgan gollari evaziga 2:0 hisobida ğalaba qozondi.

E'tiborlisi, «Yuve» A Seriyada ilk marta Kriştianu Ronaldu qaydnomaga kiritilgan öyinda mağlubiyatga uçradi. Turinliklar bunga qadar «Jyenoa» va SPAL bilan bahslarda ham yengilişgan, ammo bu öyinlarda portugaliyalik hujumçi zayavkaga kiritilmagan edi.

Qöşimça qiliş joiz, Italiyada sönggi mavsumlarda gegemonlik qilib kelayotgan «Yuventus»ni «Roma» oxirgi 4 mavsumda 3 marta mağlub etdi, bu – A Seriya klublari orasida şu davrdagi eng yaxşi körsatkiçdir.

Eslatib ötamiz, «keksa sinora» muddatidan oldin çempionlik unvonini rasmiylaştirib ulgurgan. Uşbu ğalabadan söng «Roma» hisobidagi oçkolar 62taga yetdi, jamoa jadvalda 6-örinni egallab turibdi. Beşinçi poğonadagi «Milan» hisobida ham 62 oçko mavjud.

Italiya çempionati
36-tur, 12 may
Torino – Sassuolo 3:2 (0:1, 3:1)
Gollar: 0:1 – 27 Burabiya, 1:1 – 56 Belotti, 1:2 – 71 Lirola, 2:2 – 81 Dzadza, 3:2 – 82 Belotti.
Çetlatiş: Burabiya (28, Sassuolo).

Frozinone – Udineze 1:3 (0:3, 1:0)
Gollar: 0:1 – 11 Okaka Çuka, 0:2 – 41 Samir, 0:3 – 44 Okaka Çuka, 1:3 – 85 Dionizi.

Sampdoriya – Empoli 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 56 Farias, 0:2 – 75 Di Lorenso, 1:2 – 90, penalti Kualyarella.

SPAL – Napoli 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 49 Allan, 1:1 – 83, penalti Petanya, 1:2 – 88 Mariu Ruy.

Roma – Yuventus 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 79 Florensi, 2:0 – 90+2 Jyeko.