Joriy yilning 13 may kuni oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilişda milliy hamda xalqaro baholaş tizimlari sertifikatlarini tatbiq etiş çora-tadbirlari töğrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2019–2020-öquv yilidan boşlab oliy ta’lim muassasalariga öqişga kiriş sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.
Xususan, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga çet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyğur, italyan, yapon tillari) birinçi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yönalişlariga hujjat topşirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan çet tilini biliş darajasi töğrisidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bölgan abituriyentlarga uşbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
— ingliz tili uçun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
— yapon tili uçun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
— nemis tili uçun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
— fransuz tili uçun – milliy sertifikat yoki Diplôme d‘Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori;
— boşqa tillar uçun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari böyiça tilni biliş darajalari B2 va undan yuqori.












