14 may kuni 72- xalqaro Kann festivali doirasidagi Marché du Film kinobozorida Özbekiston milliy pavilonining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.

Özbekiston milliy paviloni mana ikki yildirki, mamlakatimiz kinoindustriya salohiyatini Kannda rasman namoyiş qilmoqda.

Uşbu körgazma va muzokaralar maydonçasi Özbekiston yoşlar ittifoqi, Turizmni rivojlantiriş qömitasi, Kinematografiyani rivojlantiriş markazi, Özbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasi kömagida taşkil qilindi.

Kinosanoat mutaxassislari va ijodkorlardan tarkib topgan Özbekiston delegatsiyasining vazifasi – mamlakatimizning kinolokatsiyalari hamda xorijiy kinoloyihalarni amalga oşiriş (koprodakşn) salohiyatini taqdim etişdir. Milliy pavilon faoliyati davomida xorijlik prodyuserlar va xalqaro kinokompaniyalarni Özbekistonda suratga oliş uçun jalb qiliş, şuningdek, 2019 yil 26-30 noyabr kunlari Toşkentda bölib ötadigan PROlogue xalqaro kinofestivaliga dunyoning turli nuqtalaridan qatnaşçi va hay'at a'zolarini taklif qiliş böyiça uçraşuv va muzokaralar ötkaziladi.

Marché du Film kinobozori boş taşkilotçisi Arno Menindes Özbekiston milliy paviloni oçilişida şaxsan iştirok etdi.

“Yildan yilga kinobozorimiz geografiyasi kengaymoqda va unda Özbekiston mana ikkinçi yil qatnaşayotganidan biz nihoyatda xursandmiz. Işonamizki, Özbekistonning gözal göşalari suratga oliş uçun jozibali lokatsiya sifatida jahon kinoijodkorlarida qiziqiş uyğota oladi».