Xitoyning Lenovo kompaniyasi dunyodagi ilk bukiluvçi kompyuter prototipini taqdim qildi. Uşbu qurilmaning tijoriy versiyasi 2020 yilda çiqarilişi mumkin.

The Verge jurnalistining xabar berişiça, prototip özidan ekrani diagonali 13,3 dyuymli, örtasidan bukiluvçi planşetni aks ettiradi. Qurilmadan planşet hamda simsiz klaviatura ulab, kompyuter yoki örtasidan bukib noutbuk sifatida foydalaniş mumkin. Noutbuk holatida ekranning bir qismini virtual klaviaturaga aylantiriş mumkin.

Kompaniya antiqa qurilmaning aksariyat körsatkiçlarini oşkor qilmagan, namoyiş qilingan prototip esa yakuniy versiyasidan hali ança uzoq. Şunisi ma'lumki, gadjet Windows 10 operatsion tizimi ostida işlaydi va Intel protsessori bilan jihozlangan.

Joriy yil boşida Huawei kompaniyasi yaqin orada savdo çiqariladigan, bukiluvçi smartfon Mate X’ni taqdim qilgandi. Şuningdek, Samsung ham özining bukiluvçi ekranga ega Galaxy Fold smartfonini taqdim qilgandi. Uşbu qurilma aprelda savdoga çiqarilişi kerak edi, biroq sinov namunalarida aniqlangan kamçiliklar sababli savdosi keyinga qoldirilgan. Lenovo özining bukiluvçi kompyuterining savdoga çiqariluvçi versiyasida Samsung tajribasini hisobga olişga va'da bergan.