11 may kuni soat 11:00da Çilonzor tumanida “Toşkent” savdo markazida işlovçi samarqandlik 31 yoşli F.G. taqiqlangan dori vositalarni saqlaşda gumonlandi, deb xabar bermoqda Toşkent şahar IIBB.
Xolislar iştirokidagi tekşiruvda undan 1 konvaluta (10 tabletka) “Tramadol” topildi. Şundan söng u işlaydigan dökon tekşirilganda, uning ustki kiyimining çöntagidan yana 217 ta “Tramadol” tabletkalari topildi.
Unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar”) böyiça jinoiy iş qözğatildi.
“Hurmatli fuqarolar! Eslatib ötamiz, 2018 yilning 22 oktyabridan boşlab giyohvandlik vositalarining analoglarini noqonuniy tayyorlaş, xarid qiliş, saqlaş, sotiş va boşqa harakatlar uçun jinoiy javobgarlikka jalb qilinadi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi Qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi hududida savdosi taqiqlangan narkotik vositalari röyxatiga Tramadol kiritildi.
Tramadol inson psixikasiga boşqa narkotik kabi kuçli ta'sir ötkazib, unga örganib qoliş mumkin. Uni ta'sir kuçi böyiça morfin bilan soliştiriş mumkin. Bir marta iste'mol qilinganda eyforiya uyğotişi mumkin, muntazam ravişda iste'mol qilinganda örganib qoliş mumkin.
Hurmatli hamşaharlar va poytaxt mehmonlari! Qonun bilan kelişmovçilik kelib çiqmasligi uçun dori vositalarini dorixonalardan boşqa joylarda xarid qilmang. Yodingizda bölsin: vraç körsatmasisiz erkin savdoda çeklangan dori vositalari röyxatiga kiruvçi dori vositalarini xarid qiliş, qonunga xilof iş qiliş demakdir”, - deyiladi IIBB xabarida.












