AQŞ prezidenti Donald Tramp 13 may kuni Oq uyda iftorlik ötkazdi. Bu haqda Global News naşri xabar berdi.
Iftorlikka asosan bir qator islom davlatlari diplomatik missiyalari rahbarlari taklif etilgan. Jumladan, iftorlikda Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Misr, Turkiya, BAA, Tunis, Iroq, Qatar, Bahrayn, Marokaş, Jazoir va Liviya elçilari iştirok etgan.
Biroq iftorlik AQŞ musulmon jamoalari vakillarisiz ötgan. Tramp tadbir davomida qisqa nutq sözlab, islom olamini muqaddas Ramazon oyi bilan muborakbod etgan.
“Ramazon AQŞ va butun dunyo musulmonlari uçun muqaddas oydir”, deb aytgan AQŞ prezidenti.
AQŞ yetakçisi 2017 yilda Oq uyda Ramazon oyi yakunlanişi munosabati bilan ötkaziladigan har yillik tadbir taşkil etilmagani uçun tanqidga uçragaç, qatorasiga ikkinçi yil iftorlik ötkazmoqda.
Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda AQŞda 4 mlnga yaqin musulmon yaşaydi.












