AQŞning Ogayo ştatidagi maktabda boyitilgan uran va neptuniy-237 izlari topildi. Şu sababli maktabni öquv yili oxirigaça yopib qöyişga qaror qilingan. Bu haqda Newsweek naşri xabar berdi.
Voqea Paykton qişloğidagi maktabda yuz bergan. Topilgan moddalar radioaktiv bölib, ularning uzoq ta'sir etişi saraton keltirib çiqarişi mumkin. Ta'kidlanişiça, maktabda 320 ga yaqin bola tahsil oladi.
Hozir zararlaniş kölami va uning manbasini aniqlaşga harakat qilinmoqda. Ma'lum qilinişiça, maktab uzoqroq muddatga yopilişi mumkin. “Biz kimningdir farzandini xavf ostiga qöyişni istamaymiz”, deb aytgan maktab direktori.
Mahalliy aholidan ba'zilar zararlaniş manbasi maktabdan 3 km uzoqda joylaşgan Porsmut gazodiffuziya zavodi bölişi mumkinligini aytişgan. Avval bu obektda AQŞ atom energiyasi uçun boyitilgan uran, jumladan qurol urani işlab çiqarilgan. Uşbu obektda uranni boyitiş işlari 2001 yilda tugatilgan.











