Germaniya kansleri Angela Merkel siyosatdan ketmoqçiligini tasdiqladi. Uning ta'kidlaşiça, u özining siyosiy faoliyatini kansler lavozimidagi vakolati muddati nihoyasiga yetgaç, ya'ni 2021 yildan keyin yakunlaydi.

Merkelning aytişiça, şundan keyin u heç qanday siyosiy lavozimni egallamaydi.

2018 yil 29 oktyabrda Merkel 2021 yilgi saylovlarda kansler lavozimiga da'vogarlik qilmasligini ma'lum qilgandi. Şuningdek, u bundestagga saylaniş va boşqa siyosiy lavozimlarga ilgari surilişdan boş tortgan. 

2018 yil dekabrda Merkel Germaniyaning Xristian-demokratik ittifoqi partiyasi yetakçisi lavozimini tark etgan. Uning örnini izdoşi Annegret Kramp-Karrenbauer egallagandi.

Öşanda Germaniyada sörovnoma ötkazilib, unda har uçinçi nemis Merkel öz lavozimini muddatdan oldin tark etişini istaşini aytgan. Merkelning özi esa vakolati muddati tugagunça işlamoqçiligini aytgan.