20 maydan Buyuk Britaniya barça xorijliklar uçun migratsiya qoğoz kartalarini bekor qiladi. Bu xorijliklarning keliş punktlarida navbatlarni qisqartiriş maqsadida amalga oşirilmoqda. Bu haqda Britaniya çegara xizmati boşliği Pol Linkoln ma'lum qildi.
Bungaça migratsiya kartalarini Yevropa iqtisodiy hududi ortidan aviareyslar va dengiz portlari orqali keluvçi yölovçilar töldirişardi.
Linkolnning ma'lum qilişiça, kartalarning bekor qilinişi “yölovçilarning tobora köpayayotgani muammosini hal qilişga yordam beradi”. Uning ta'kidlaşiça, migratsiya kartalariga kiritilgan aksariyat ma'lumotlarni yaqin orada elektron körinişda yiğiş mumkin böladi.
Şu bilan birga, Britaniya kasaba uyuşmalari özgariş çegara nazoratini susaytirişidan xavotirlanmoqdalar. Ta'kidlanişiça, Britaniyada har yili mamlakatga kirayotgan xorijiy fuqarolarni qayd qiliş uçun 16 mln.taga yaqin migratsiya kartasi çiqarilgan.
Kasaba uyuşmalari fikriça, kartalarning bekor qilinişi xavfsizlik idoralarini “noqonuniy operatsiyalar iştirokçilari yoki jinoyatçilarni” javobgarlikka tortiş uçun zarur bölgan qimmatli ma'lumotdan mahrum qilişi mumkin.












