Buxoro şahrida arab tiliga ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim maktabi taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xalq ta'limi vazirligi “Buxoro şahrida Arab tiliga ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim maktabini taşkil etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qöydi.

Mazkur maktab jahon miqyosida arab tilining mavqei ösib borayotganligi hamda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining rasmiy tillaridan biri ekanligini inobatga olingan holda, yoşlarni arab tilini puxta özlaştirişga qiziqişini kuçaytiriş va kelajakda malakali arabşunos kadrlarni tayyorlaş, Özbekiston Respublikasi hamda Birlaşgan Arab Amirliklari örtasida döstlik va şeriklik aloqalarini mustahkamlaş uçun taşkil qilinmoqda.

Qaror loyihasiga köra, maktabda davlat ta'lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda arab tilini çuqur öqitilişi taşkil etiladi.

Yangi ta'lim muassasasi öquvçilarda arab tilida muloqot qiliş könikmalarini şakllantiriş va ularni fan olimpiadalarida muntazam iştirok etişlarini ta'minlaydi.

Ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim maktabiga Birlaşgan Arab Amirliklaridagi Al-Nahayon maktablarining tajribasidan kelib çiqib, arab tili va adabiyoti, madaniyati, tarixi kabi fanlarining öquv rejalarini yurtimiz davlat ta'lim standartlarini hisobga olgan holda joriy etiş vazifasi yuklatiladi.

2020-2021 öquv yilida ixtisoslaştirilgan maktabning 5-, 6-, 7- va 8-sinflariga hamda 2021-2022 öquv yilidan boşlab 5-sinfga 30 nafardan öquvçi tanlov asosida qabul qilinadi.

Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziriga ixtisoslaştirilgan maktabning moddiy-texnik bazasidan, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib çiqqan holda keyingi yillarda öquvçilarni qabul qiliş kvotalariga özgartirişlar kiritiş huquqini beriş rejalaştirilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2020-2021 öquv yilidan boşlab ixtisoslaştirilgan maktabga iqtidorli öquvçilarni saralab oliş maqsadida ona tili, adabiyot va çet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik taşxisdan ötkaziş vazifasi yuklatildi.