Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT sammitida Orol masalasi ko‘tariladi
MDXMI bitiruvchilari V xalqaro forum doirasida “Strategik empatiya va xavfsizlik” mavzusiga bag‘ishlangan munozaralar ham juda qizg‘in o‘tdi, deya xabar beradi O‘zA.
Sessiyani Forumning eng martabali mehmonlaridan biri, BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yyencha ochib bergan.
BMT, xususan, YuNeSKO mamlakatning betakror tarixiy va me'moriy yodgorliklariga alohida e'tibor qaratib kelgan. Qolaversa, BMT bosh kotibi Antonio Guterrish 2018 yil Samarqandda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgandan so‘ng Orolbo‘yi muammolarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish maqsadida Mo‘ynoqqa yo‘l olgandi.

M.Yyenchaning ta'kidlashicha, aynan O‘zbekiston prezidentining tashabbusi bilan Orol fojiasi masalasi xalqaro darajaga chiqdi. BMTning joriy yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan sammitida ushbu masala ko‘tariladi.
Strategik empatiya va xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Slovakiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lukash Parizek, Turkiya xalqaro munosabatlar va strategik tahlil markazi rahbari Sinan Ogan va boshqa ekspertlar ham o‘z mulohazalarini bildirgan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026