12 iyundan Yevro-2020 final bosqiçi çiptalari sotuvi boşlanadi. Çiptalar, JÇ-2018da bölgani kabi, ariza beriş va analogik qur'a taşlaş orqali sotiladi.
Arizalar birinçi bosqiçda 12 iyundan 12 iyuliga qadar qabul qilinadi. Bu bosqiçda çiptalarning katta qismi tarqatib bölinadi. Ularning nisbatan kamroq qismi turnir boşlanişiga yaqin qolganda sotuvga çiqariladi.
UYeFA ma'lumotiga köra, jami 3 millionta çipta çiqariladi va şundan 2,5 milliontasi muxlislarga sotiladi. Taqqoslaş uçun, Yevro-2016da 1,8 mln dona çipta oçiq savdoga çiqarilgan edi.
Ilk marta köhna qit'aning 12ta şahrida bölib ötadigan çempionat öyinlarining eng arzon çiptasi – 30 yevro, eng qimmati – 945 yevro etib belgilangan.
Çiptalar uç xil narx kategoriyasi va ikkita klasterga bölingan.

«A» toifasiga Amsterdam, Bilbao, Glazgo, Dublin, Kopengagen, London, Myunxen, Rim va Sankt-Peterburg şaharlari kirsa, «B» toifasi sifatida Boku, Budapeşt va Buxarest körsatilgan.
«A» klasteridagi şaharlarda ötadigan öyinlar uçun çiptalarning eng arzoni 50, eng qimmat – 225 yevro.

«B» klasterida esa 30 yevrodan 125 yevrogaça pul tölab, Yevro-2020 öyiniga kiriş mumkin.

Yarim final va final öyinlari (uçala uçraşuv ham Londonda ötadi) uçun çiptalar narxi 85 va 95 yevrodan boşlanadi.













