Toşkent şahrida Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti bitiruvçilarining V forumi bölib ötdi. Forumda mazkur oliygoh bitiruvçisi, özbekistonlik tadbirkor Fattoh Şodiyev ham iştirok etdi. U Uzreport telekanaliga intervyuda talabalik yillari, biznesdagi eng omadli loyihasi va Özbekistondagi qanday ijtimoiy loyihalarga investitsiya kiritayotganini aytdi.
«Toşkent şahriga 15 yillik tanaffusdan söng kelganimdan xursandman. Bu borada hazil ham qilib turaman: Toşkentga har 15 yilda kelişni yaxşi köraman.
Talabalik yillarim juda ajoyib ötgan, bu borada menda eng iliq xotiralar qolgan. Men uşbu oliygohda öqişni orzu qilardim. Bu dargohda ötgan yillarim unutilmas. Ilm-fanni örganişdan töxtamasdim, bundan zavqlanardim. Albatta, dam olişni ham bilardik. Talabalik yillarimdagi tanişlarim butun umrlik döstlar bölib qolişdi.
Biznesda muvaffaqiyatli loyihalarim köp. Eng omadlisi Eurasian Resources Group (ERG) kompaniyasi, deb hisoblayman.
Özbekistonda hozirgi kunda juda köp ijtimoiy loyihalarim bor. Men odamlarga yordam berişga harakat qilyapman. Şodiyev Fondi ham aynan şu bilan şuğullanadi. Loyihalar orasida Sirdaryo, bolalar ta'limi bilan boğliqlari bor. Umuman olganda, men özim haqimda gapirişni yoqtirmayman», - dedi Fattoh Şodiyev intervyuda.

















