Özbekiston Markaziy banki boşqaruvi Toşkent şahrida “Yevrosiyo banki” aksiyadorlik jamiyatini röyxatdan ötkaziş va unga bank faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya beriş töğrisida qaror qabul qildi. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi. Şu tariqa Özbekistonda faoliyat yuritiş uçun litsenziyasi bor banklar soni 36 taga yetdi.
Ma’lumot uçun, Yevrosiyo banki 1994 yilda oçilgan bölib, boş ofisi Olmaota şahrida joylaşgan. 2023 yil 1 noyabr holatiga bank Qozoğistonda 19 ta hududiy filialga ega.
“Forbes Qozoğiston” saytida körsatilişiça, bank aksiyalarining 100 foizi “Yevrosiyo moliya kompaniyasi” AJga tegişli bölib, uning yakuniy benefitsiarlari Ibragimovlar oilasi hamda tadbirkorlar Aleksandr Maşkeviç va Fattoh Şodiyev hisoblanadi.
Avvalroq, Özbekistondagi yana bir bank – “Özagroeksportbank”ning ham 100 foiz uluşi Fattoh Şodiyevning qarindoşi Olimjon Şodiyev tomonidan 5 mln dollarga sotib olingandi. Bank xususiylaştirilgaç, uning nomi AVO bank etib özgartirildi.

















