20 oktyabr kuni «Özagroeksportbank»dagi 100 foiz davlat uluşi oçiq tendersiz xususiy kompaniyaga ötkazilişi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Unda bank Şodiyevlar oilasiga aloqador odam qöliga ötayotgani haqida aytilgandi.

Xalqaro Şodiyev jamğarmasining Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ma’lum qilişlariça, maqolada Fattoh Şodiyev maqomi notöğri tilga olingan. 

«Fattoh Qayumoviç Şodiyevning SFI Management Group va OKMK, Qobul Şodiyevga aloqador kompaniyalar, NKMK, IFG va Olimjon Şodiyevga tegişli Support Level kompaniyalari faoliyatiga bevosita yoki bilvosita aloqasi yöq. Fattoh Şodiyev aksiyalarning egasi emas va uşbu aktivlarni boşqarişda iştirok etmaydi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, Fattoh Şodiyev va unga qaraşli taşkilotlarning «Özagroeksportbank»ni sotib olişga aloqasi yöq.

«Fattoh Şodiyev Özbekiston hududida, rasmiy ravişda Xalqaro Şodiyev jamğarmasining Özbekistondagi vakolatxonasi orqali xayriya faoliyatini olib boradi», — deya qöşimça qilingan xabarda.